Sahifa bepul · 30 kun hamma imkoniyat sovgʻa

Oʻquvchilar boʻsh vaqtingizni koʻrib, oʻzi yoziladi

Jadval, darslar va oʻquvchilar — bitta ilovada, Telegram ichida. Qoʻngʻiroq va daftar oʻrniga.

  • Dars pulidan foiz olinmaydi
  • Karta soʻralmaydi
  • 2 daqiqada tayyor

Tanishmi?

  • Dars paytida telefon jiringlaydi — «ertaga boʻshmisiz?»Oʻquvchi boʻsh vaqtni sahifangizda koʻradi va oʻzi yoziladi
  • Jadval daftarda, oʻquvchilar telefonda, toʻlov — xotiradaJadval, oʻquvchilar, paketlar va «toʻlandi» — bitta kabinetda
  • Oʻquvchi kelmay qoldi, soat bekor ketdiEslatma Telegramʼda oʻzi boradi, Proʼda — «Kelasizmi?» soʻrovi ham
  • Bekor qilingan vaqt boʻsh qoladiKutish roʻyxatidagilarga «vaqt boʻshadi» xabari ketadi
  • Boʻsh vaqtlarni guruhlarga qoʻlda yozasizKanal va guruhlarga eʼlon — bir bosishda

Qanday ishlaydi

  1. 1Kabinet ochingIsm, ish vaqti, narx. Hech kimning tasdigʻini kutmaysiz.
  2. 2Sahifangizni ulashingBoʻsh vaqtlar kanal va guruhlarga bir bosishda.
  3. 3Yozilishlarni qabul qilingHar yozilish Telegramʼda: tasdiqlash yoki koʻchirish.

Oʻquvchilar sizni qayerda koʻradi

Sahifangiz katalogda — hududingiz va dars turingiz boʻyicha. Bosh sahifadagi «Ertaga boʻsh»ga ham tushasiz: tartib eng yaqin boʻsh vaqt va reyting boʻyicha, pulga bogʻliq emas.

Katalogni ochish →
Sardor Yoʻldoshev4,9· 12 ta sharh8 yil tajriba · Cobalt · avtomatChilonzor200 000 soʻm· · 1 soat
Ertaga07:0010:0018:00
Katalogdagi karta namunasi · bosilmaydi

Tariflar

Oʻquvchi dars pulini sizga toʻlaydi — AvtoHayda foiz olmaydi. Sahifa va katalogda koʻrinish — bepul; onlayn yozilish va jadval — Pro.

Bepul

0 soʻmSahifa va katalog
  • Katalogda sahifa, sharhlar, narxlar va mashinalar
  • Telefon va Telegram tugmasi — oʻquvchi sizga qoʻngʻiroq qiladi yoki yozadi
  • Instruktorlar sahifada — soni cheklanmaydi

Pro

149 000 soʻmbir instruktor uchun, oyiga · QQSsizNechta instruktor onlayn yozilish qabul qilsa — shuncha oʻrin. Administratorlar va filiallar soni cheklanmaydi va narxga qoʻshilmaydi.
  • Bepuldagi hamma narsa
  • Onlayn yozilish: oʻquvchilar boʻsh vaqtingizni koʻrib, oʻzi yoziladi
  • Jadval, tez yozish, eslatmalar, kutish roʻyxati
  • Takroriy darslar, paketlar, pul hisoboti
  • «Kelasizmi?» soʻrovi, Telegram eʼlonlari, tadbir va aksiyalar
  • Jamoa va filiallar — kerak boʻlsa
Bepul boshlashHar kimga 30 kun Pro sovgʻa (jamoada 5 tagacha instruktor) · karta soʻralmaydi · hech narsa oʻchmaydi · yillik toʻlovda 2 oy bepul
Avtodrom yoki avtomaktabmisiz?Yonma-yon jadval, maydon bandligi, administratorlar va filiallar — alohida sahifada.
Rostdan bepulmi?

Sahifa va katalogda koʻrinish — bepul: oʻquvchi sizni topadi va qoʻngʻiroq qiladi. Onlayn yozilish, jadval va eslatmalar — Pro, bir instruktor uchun oyiga 149 000 soʻm. Boshida har kimga 30 kun Pro bepul.

Oʻquvchilarim ilova oʻrnatishi kerakmi?

Yoʻq. Telegram ichida yoki saytda ochiladi.

Pul qanday toʻlanadi?

Oʻquvchi sizga toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlaydi. Siz faqat «toʻlandi» belgisini qoʻyasiz.

30 kun tugasa nima boʻladi?

Hech narsa oʻchmaydi. Pro yana bir necha kun ishlaydi (sanasi «Tarif» boʻlimida), keyin Bepul tarif: sahifa katalogda kontakt bilan qoladi, onlayn yozilish yopiladi. Yozilgan darslar oʻz kuchida.

Proʼni qanday toʻlayman?

Hozircha AvtoHayda jamoasiga yozasiz. Oylik yoki yillik — 12 oy uchun 10 oylik narx.

Mavjud oʻquvchilarimni qoʻsha olamanmi?

Ha, qoʻlda yoki havola orqali — oʻzi yoziladi.

Oʻquvchi raqami boshqalarga koʻrinadimi?

Yoʻq. Sizning telefoningiz sahifada ochiq, oʻquvchi maʼlumoti hech qachon ommaviy emas.

Birinchi yozilish — bugun

Kabinet 2 daqiqada ochiladi, hech kimning tasdigʻi kerak emas.